Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda shashka bo‘yicha respublika musobaqasi bo‘lib o‘tdi
15:24 / 2023-06-14

FOTOREPORTAJ

Namanganda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning shashka turi bo‘yicha musobaqaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.  

Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani”da  o‘tkazilgan musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar ishtirok etdi.  

[gallery-12330]

Yakuniy natijaga ko‘ra, birinchi o‘rinni 16-21 yoshli qizlar o‘rtasida  Toshkent shahridan Dilshoda Majidova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 22-26 yoshlilar o‘rtasida Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidan Charos Ko‘charova, 27-30 yoshdagilar o‘rtasida esa Buxoro viloyati Romitan tumanidan Yulduz Boboyeva qo‘lga kiritdi.

Yigitlar o‘rtasida o‘z yosh toifalari bo‘yicha Andijon shahridan Rahmatillo Ibrohimov, Buxoro viloyati Jondor tumanidan Hamro Rahmonov va Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidan Bahodir Mirzaahmadov eng yuqori natijani qayd etdilar.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.  

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA