FOTOREPORTAJ
Namangan davlat texnika universitetida senatorlar hamda viloyatdagi faol yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir yoshlarning fikrini tinglash, dolzarb masalalarga yechim topish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, ochiq muloqot ruhida o‘tdi.
Uchrashuvda senatorlar, shuningdek soha mutasaddilari yoshlar bilan bevosita suhbatlashib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladilar. Muloqot davomida yoshlar ta’lim sifati, bandlik masalalari, ijtimoiy faollik, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, hududlarda yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirilgan o‘quv kurslarini ko‘paytirish, talabalar uchun qo‘shimcha grant va stipendiya dasturlari joriy etish, yoshlarning IT va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, sport va madaniy tadbirlarni yanada kengaytirish kabi qator mavzularda o‘z taklif va fikrlarini bildirdilar. Senatorlar yoshlarning takliflarini diqqat bilan tinglab, bildirilgan masalalar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berdi.
[gallery-26615]
Tadbir davomida yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, yangi davlat dasturlari va istiqboldagi rejalarga oid batafsil ma’lumotlar ham taqdim etildi.
Uchrashuvda senatorlar I. Najmiddinov, A. Dobrix, O. Mamatkarimov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi S. Mo‘minov, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i B. Mirzatov hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA