Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda saylov davom etmoqda
13:55 / 2024-10-27

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi Namangan shahrida ham yuksak saviyada o‘tkazilmoqda.  

Mavjud 87 ta saylov uchastkasida 200 ming 933 nafar saylovchining elektron ro‘yxati shakllantirilgan.  

1-FHDYO bo‘limi binosida joylashgan 83-saylov uchastkasida 2437 nafar saylovchi ovoz berish jarayonlarida ishtirok etishi kutilmoqda. Saylovchilar orasida 24 nafar shaxs o‘zgalar ko‘magiga muhtoj deb topilgan. Uchastka saylov komissiyasi a’zolari ularning xonadoniga ko‘chma ovoz berish qutisi bilan borib, ovoz berishini ta’minlayotir.

[gallery-20041]

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA