FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida zamonaviy talablarga javob beradigan “Qo‘l jangi markazi" tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, Huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi raisi, general-mayor Rustam Jo‘rayev, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi prezidenti Sergey Astaxov, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Avazbek Karimov qatnashdi. Shuningdek, marosimda xorijiy mehmonlar, sportchilar, murabbiylar, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
[gallery-24483]
Tadbirning rasmiy qismida so‘zga chiqqan Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev va Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov tadbir ishtirokchilarini tabriklab, markazning ochilishi yoshlarning jismoniy hamda ma’naviy tarbiyasida muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.
Marosim yakunida sport maktabi tarbiyalanuvchilari tomonidan qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Yangi markaz nafaqat sportchilar, balki yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etishda muhim o‘rin tutadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA