Namangan shahrining Davlatobod tumani prokuraturasi xodimlari o‘z ish faoliyatini yangi binoda davom ettiradigan bo‘ldi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda Namangan viloyati hokimi, senator Shavkat Abdurazzoqov, viloyat prokurori, adliya katta maslahatchisi Jahongir Hotamov, viloyat Nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi, Oliy Majlis Senati a’zosi Ikromxon Najmiddinov, prokuratura faxriy xodimlari so‘zga chiqib, mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar birinchi nvbatda, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilayotganligi, tizimning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani prokuratura idoralari faoliyati samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’eidladi.
Uzoq yillar prokuratura organlarida fidokorona xizmat qilib, yosh mutaxassislarga ish o‘rgatish, kadrlarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish, ularni qasamyodga sadoqat ruhida tarbiyalashga salmoqli hissa qo‘shayotgan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida, Respublika Bosh prokurori buyrug‘i bilan viloyat prokuraturasi faxriysi Odiljon Azimov “Fidoyi murabbiy” ko‘krak nishoni bilan, Namangan shahar prokurorining o‘rinbosari Baxtiyor Shodmonov Bosh prokurorning faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Yangi binoda huquqni muhofaza qilish organlari xizmatchilarining o‘z funksional vazifalarini samarali olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bino xalqaro andozalarga mos, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan so‘nggi jihozlar bilan ta’minlangan. Bino qurilishi “Zuhal invest servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan amalga oshirildi.
Bino aholi yashash joyiga yaqin va murojaatchi fukqarolar uchun qulay joyda joylashgan.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA