Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda Prezident maktabiga qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi boshlandi
20:41 / 2019-07-22

Namangan viloyatida Prezident maktabiga qabul imtihonlarining dastlabki bosqichida 7 ming 742 nafar oʻquvchi ishtirok etgan edi.


Namangan viloyatida Prezident maktabiga qabul imtihonlarining dastlabki bosqichida 7 ming 742 nafar oʻquvchi ishtirok etgan edi.

Matematika fani boʻyicha sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarning 2 ming 880 nafari 22-24-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan ikkinchi bosqich imtihonlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Ikkinchi bosqichda axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash boʻyicha matematika fanidan 24 ta masalani yechishga 60 daqiqa, ingliz tilidan 55 ta test savoliga javob topish uchun 75 daqiqa vaqt ajratiladi.

Imtihonlar Namangan shahridagi “Barkamol avlod” bolalar sport majmuasida oʻtkazilmoqda. 22-iyul kuni 5-6-sinflarga bilimlilar tanlab olinsa, 23-iyul kuni 7-8-sinf, 24-iyul kuni esa 9-10-sinflarga qabul uchun oʻquvchilar navbatdagi saralash imtihonlaridan oʻtadi.

– Imtihon jarayonlarini Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi hamda Buyuk Britaniyaning taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi “Cambridge Assessment International Education” tashkiloti vakillari kuzatib bormoqda, – dedi viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati rahbari M.Esonboyev. – Ota-onalar va ustozlarga farzandlarining imtihondagi ishtirokini onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

Natijalar “Cambridge Assessment International Education” tashkiloti tomonidan aniqlanadi.

Sinovlar qizgʻin, talabgorlar juda ham koʻp, demak, raqobat ham shunga yarasha kuchli. Shunday ekan, yuksak bilim, iqtidor va isteʼdod egasi boʻlgan intellektual yoshlarga Prezident maktablarida oʻqish nasib etadi. Namanganda esa buyuk kelajak sari qatʼiy ahd bilan intilayotgan, baland marralar, yuksak choʻqqilarni ilm-maʼrifat bilan zabt etishga chogʻlangan yoshlar koʻp. Prezident maktabiga qabul uchun boʻlib oʻtayotgan imtihonlarning dastlabki bosqichida 25 nafar oʻquvchi jami 30 ta test savolining barchasiga toʻliq va mukammal javob berib, 96 ballik yuksak natijani qoʻlga kiritgani ham shundan dalolat beradi. Bu esa, mamlakatimizning toʻrtta hududi, yaʼni Toshkent shahri, Namangan, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtayotgan imtihon natijalariga koʻra yuqori koʻrsatkichdir.