French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda Prezident maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi
17:51 / 2025-07-06

FOTOREPORTAJ

Namangan davlat texnika universiteti va uning qoshidagi akademik litsey, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi binolarida umumta’lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan 4713 nafar o‘quvchi Prezident maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichida ishtirok etdi. Tanlov darajasi shunchalik yuqoriki, bir o‘rin uchun 197 nafar bola raqobatlashmoqda.

[gallery-24177]

Savollar Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan tayyorlangan bo‘lib, o‘quvchilar matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test savollarini 60 daqiqa ichida ishlashi kerak bo‘ladi. 

Birinchi bosqich sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan 480 nafar talabgorlar 2-bosqichda axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan 40 ta masala, ingliz tilidan 40 ta test yechishi talab etiladi.

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA