Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda poytaxtlik shifokorlar ishtirokida murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmoqda
13:43 / 2021-02-15

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Namangan filialida ishlar qizg‘in davom etmoqda.

Avval xabar qilganimizdek, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Namangan viloyatida “Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!” shiori ostida salomatlik aksiyasi o‘tkazilmoqda.  

Aksiya doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazi Namangan filialiga Prezident adminstratsiyasi vakili L. N. Tuychiyev tashrif buyurib, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda shu kunning o‘zida poytaxtlik shifokorlar ishtirokida yurak qon-tomir sohasida murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.  

Shuningdek, kun davomida “Temir daftar”ga kiritilgan, sharoiti og‘ir, yurak kasalligiga chalingan yuzlab bemorlar jarrohlik amaliyoti va davolashga tayyorlash yuzasidan chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning aksariyatiga shifoxonalarda davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.  

Bu kabi tadbirlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

Namangan viloyati sog‘liqni

 saqlash boshqarmasi axborot xizmati