Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda ota o‘z bolasi uchun salkam 20 million so‘m aliment pulni bir yo‘la to‘lab berdi
21:03 / 2020-11-21

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan to‘lash bola voyaga yetgunga qadar har qanday davr uchun va 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Namangan shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qaroriga asosan fuqaro N. M. dan undiruvchi N. R. foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment to‘lash belgilangan.

MIB viloyat boshqarmasiga ko‘ra, o‘tkazilgan targ‘ibot va tushuntirishlar natijasida ota fuqaro N. M byuro bo‘limiga murojaat qiladi. Ya’ni, ota o‘z bolasi voyaga yetguncha qadar aliment mablag‘ni hisob-kitob qilishni so‘radi. Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorlik voyaga yetgunga qadar 19 million 987 ming 500 so‘mni tashkil etdi. Ota o‘z dilbandi oldidagi majburiyatni ado etgani tufayli qarzdorlik bartaraf etildi. Shu bilan ijro hujjati tamomlandi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.