Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda o‘n birinchi davlat xizmatlari markazi ish boshladi
12:50 / 2021-11-17

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida Davlat xizmatlari markazi yangi, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan binoda o‘z faoliyatini boshladi. Bu viloyatdagi o‘n birinchi markazdir.

Mamlakatimizda ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgu g‘oyaning amaldagi ifodasi sifatida tashkil etilgan, elimiz manfaatiga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan Davlat xizmatlari agentligi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar uzoq yillardan beri odamlarni qiynab kelayotgan muammolarga barham berishda ko‘makchi bo‘lmoqda.

Ayni paytga kelib, ushbu markaz orqali 160 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Joriy yil o‘tgan 9 oyida Namangan viloyati bo‘yicha 558 586 ta (130 foiz) davlat xizmati ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu o‘tgan yilga nisbatan 130 163 taga, ya’ni 30 foizga ortdi deganidir.

[gallery-4690]

Mingbuloq tumanida istiqomat qiluvchi 128 ming 400dan ziyod aholiga xizmatlar ko‘rsatishda ushbu markazning o‘rni beqiyos. Markaz bir vaqtning o‘zida 20, bir kunda esa 500 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bir kunda o‘rtacha 250 tadan ortiq aholi va tadbirkorlik sub’ekti tomonidan murojaatlar qilinib, ularning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda. Davlat xizmatlari markazi binosiga odatdagidan farqli ravishda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari joylashtirilib, sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Markaz ochilgan kuni, katta hayot ostonasiga qadam qo‘ygan kelin-kuyovlarga nikoh guvohnomasi tantanali topshirilgan bo‘lsa, 13 nafar fuqaroning muddati o‘tgan tug‘ilganlik guvohnomasi taqdim qilindi. Davlat xizmatlari agentligi tomonidan imkoniyati cheklangan fuqaroga nogironlik aravachasi, 5 nafariga qo‘ltiqtayoq va bir oilaga moddiy yordam berildi.

Markaz ochilishida Namangan viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA