Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan ommaviy yugurish marofonlari eng avvalo, aholi salomatligini muhofaza etish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qilmoqda.
Xususan, respublika miyosidagi “Eco – Save Aral-2025”, “Talaba yugur” va “O‘quvchi yugur” ommaviy yugurish marafoni Namangan viloyatining Davlatobod tumani, Yangi Namangan shaharchasi markaziy ko‘chasida davom etdi. Mazkur marafon O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi, Namangan viloyati hokimligi, viloyat sport, yoshlar ishlari, ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, maktabgacha va maktab ta’limi hamda bojxona boshqarmalari hamkorligida tashkil etildi.
O‘ziga xos sport sinovida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, qolaversa, yetti yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan keng jamoatchilik vakillari faol qatnashldi.
[gallery-26423]
Musobaqa yakunida g‘oliblar, faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Mazkur tashabbus aholida tibbiy va ekologik madaniyatni yuksaltirish, ijtimoiy faollik va birdamlikni oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.