Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi
18:37 / 2022-08-03

Namanganda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirokida qo‘mitaning viloyatdagi quyi tizimi faoliyati tahliliga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda viloyat hududlaridagi 50 nafar targ‘ibotchi ayol, hamkor tashkilotlar hamda tuman (shahar) hokimining o‘rinbosarlari - oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi.

Muloqotda tizimning 2022 yil boshidan shu vaqtgacha bo‘lgan ko‘rsatkichlari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Bu borada Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Dinora Yakubovaning hisoboti eishitildi.

Ta’kidlanganidek, shu yilning olti oyida jami 10 ming 311 nafar ishsiz xotin-qiz bo‘lgan, ularning bandligini ta’minlash borasida yetarli ishlar olib borilmagan. Oqibatda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishsiz ayollarning bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida 53,1 foizga, kooperatsiyalarga jalb etish esa 89,5 foizga bajarilgan, xolos.

Hisobot davridagi tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, tadbirkorlikka jalb etilgan xotin-qizlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 425 nafarga oshib, 5 ming 80 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kreditlar ajratilgan.
Yig‘ilishda oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar orasida turli salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha ishlar tizimli tashkillashtirilmagani sababli oilaviy ajrimlar soni ko‘paygani, jamiyatimizda jinoyatchilikka barham berish borasidagi profilaktik ishlar yetarli bo‘lmagani bois jinoyat va huquqbuzarlik holatlarida ayollarning ulushi keskin ortgani tanqid qilindi.

Muloqot yakunida Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova Namanganda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga zaruriy topshiriqlar berdi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA