Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda
15:17 / 2022-01-10

Namangan shahrini kesib o‘tgan Yangiariq kanali bo‘yida ayni kunlarda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunyodkorlik ishlari uch pudratchi tomonidan bajarilmoqda.

Mehmondo‘st majmuasidan viloyat televideniyesigacha bo‘lgan birinchi uchastkada 1,0 kilometr masofada betonlash, himoya to‘siqlarini, yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari yakuniga yetkazilgan. Piyodalar va veloyo‘laklarni qurish, obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Hududning 1,4 kilometr qismida hozirda 50 ga yaqin texnika yordamida 90 nafar ishchi tomonidan betonlash ishlari amalga oshirilmoqda.

[gallery-5388]

1-maktabdan Yoshlar majmuasigacha, u yerdan “Ipoteka” bankkacha bo‘lgan masofadagi ikkinchi va uchinchi uchastkalarda ham betonlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shaharning qoq markazidan o‘tgan Namangansoyning 1,5 kilometr qismida o‘ng va chap tomonlarini betonlash, himoya to‘siqlari va yoritish chiroqlarini o‘rnatish, obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazilgan. Hozirda 10 ga yaqin texnika yordamida 200 nafar ishchi tomonidan asfaltlanib, trenajyorlar o‘rnatilmoqda.


Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA