Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda obodonlashtirish ishlari avjida
13:40 / 2020-06-22

Namangan viloyatida “Jonajon yurtim obodligiga oʻz hissamni qoʻshaman” shiori ostidagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.


Namangan viloyatida “Jonajon yurtim obodligiga oʻz hissamni qoʻshaman” shiori ostidagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” tamoyili asosida viloyatdagi barcha 775 ta mahallada 5,5 mingdan ortiq koʻchada, 500 mingga yaqin xonadonlar, shu jumladan 24 mingdan kam taʼminlangan oilalarning uy-joylarida keng koʻlamli obodonlashtirish, qurilish, taʼmirlash va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birgalikda oilalarda muqaddas qadriyatlar, urf odatlarimizni asrab-avaylash, aholi, ayniqsa yoshlarda qonunlarga hurmat, Vatanga sadoqat hissini uygʻotishga qaratilgan targʻibot ishlariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tadbir davomida shuningdek, yordamga muhtoj oilalar aʼzolarining ish bilan bandligini taʼminlash, ularga qoʻshimcha daromad olish uchun fermer xoʻjaliklarining boʻsh yeridan 20 sotix ekin maydoni ajratilishida koʻmaklashiladi.

– Pop tumanida 77 ta mahalla boʻlib kam taʼminlangan oilalar soni 8 ming 882 ta, - deydi tuman Mahalla va Oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimi boshligʻi Toʻlqinboy Ermatov. –Dolzarb uch oylik davomida mahallalardagi kam taʼminlangan oilalarga uylari devorlarini suvash, boʻyash, taʼmirlash, tomorqalari, koʻchalarini obodonlashtirishda yordam koʻrsatilmoqda.