Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda noyob qo‘lyozma va tangalar topildi
11:04 / 2025-09-23

Bundan uch ming yil avvalgi davrga borib taqaladigan, hozirda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Mingbuloq tumanlari kesishmasida joylashgan Axsikent yodgorligini tadqiq etish va uni ilmiy jihatdan o‘rganish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar davomida olimlar yangiliklarga duch kelishmoqda.

Moddiy madaniy meros ob’ektlari ro‘yxatiga kiritilgan mazkur arxeologik qadamjodan yaqinda, VIII asrga oid noyob qo‘lyozma hamda aynan shu asrga oid Abbosiylar zarb etgan tangalar topildi. Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasi topilmalar fondi 68 ta yangi tanga va 27 ta kitob bilan boyidi. – VIII asrga oid Abbosiylar hukmronligi davridagi kumush tangalar ham arab yozuvidagi bejirim xatga ega. Qo‘lyozma kitobda handasa, riyoziyot, ilmi nujum, tibbiyotga oid qimmatli ma’lumotlar bor, – deydi arxeologiya parki direktori Anvar Ikromov. – Ular orasida Somoniy va Qoraxoniy hukmdorlar davrida hamda 1667-1670 yillarda Shvetsiya, 1836 yilda Buyuk Britaniyada chiqarilgan tangalar mavjud. Ilk kumush tangalar miloddan avvalgi III asrda chiqarilgan bo‘lib, uning yuza qismi – aversiga podshohning surati, orqa tomoni – reversiga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamg‘asi tushirilgan. Axsikent kompleks ekspeditsiyasi Axsida Umarshayx Mirzoning rezidensiyasi o‘rni – Yakkayigit bog‘ida qazishma ishlarini boshlagan. Topilmalar keng jamoatchilik, ayniqsa, ekspert, arxeologlar va tarix ixlosmandlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.