FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, reabilitatsiya qilish, to‘laqonli hayot tarzini yuritishiga ko‘maklashish, ularga zarur sharoitlar yaratishga doimiy e’tibor qaratilgan.
[gallery-12206]
Xususan, Namanganda nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 77 ta qo‘l bilan boshqariladigan nogironlik aravachasi va 1 dona ekzoskelet uskunasi o‘z egalari topshirildi.
Tadbirda so‘z olganlar keyingi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan tegishli farmon va qarorlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan birga, ularda hayotga intilishni oshirish, jamiyatda faol qatnashishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA