Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda nodavlat ta’lim muassasasi yana bittaga ko‘paydi
20:21 / 2023-05-08

FOTOREPORTAJ

Namangan shahrida yangi “STEAM Plaza” xususiy umumta’lim maktabi foydalanishga topshirildi.

Mazkur nodavlat ta’lim muassasasining umumiy loyiha qiymati 1 milliard 145 million so‘m bo‘lib, tadbirkor Madina Mo‘minova tomonidan qurib, foydalanishga topshirildi. Bu yerda 40 nafardan ziyod pedagog xodim uchun yangi ish o‘rni yaratildi. Ularning qo‘l ostida 240 nafar o‘quvchi saboq oladi. 

[gallery-11785]

Maktabning har bir sinf xonasi innovatsion texnika jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, unda matematika, IT, robototexnika, tabiiy fanlar laboratoriyasi, san’at, texnologiya, muhandislik, xorijiy tillar va boshqa fanlar samarali o‘qitiladi. 

Maktabning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda Namangan shahar hokimi G‘. Jamolov ishtirok etdi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA