English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda motopoyga musobaqalari oʻtkazildi
08:15 / 2019-02-18

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosi doirasida motopoyga boʻyicha Namangan viloyati hokimi kubogi musobaqalari oʻtkazildi.

“Navroʻz” umumxalq bayramiga bagʻishlab oʻtkazilgan musobaqa Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Namangan avtomobil maktabida tashkil etildi. Unda Namangan viloyatidagi shahar va tumanlar hamda Fargʻona viloyatidan kelgan jami 68 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Sportchilar dvigatel hajmi 65-110 sm/kub, 85-125 sm/kub, 125 sm/kub, 350 sm/kub, 250-500 sm/kub va 650-750 sm/kub boʻlgan sport mototsikllarida oʻz omadlarini sinab koʻrishdi.

Qiziqarli oʻtgan musobaqa yakunlariga koʻra 1-oʻrinni Norin tumani, 2-oʻrinni Toʻraqoʻrgʻon tumani hamda faxrli 3-oʻrinni Pop tumani jamoalari egallashdi. Gʻoliblar “Vatanparvar” tashkilotining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.