Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda milliy gastronomik turizm markazi ochildi
15:39 / 2026-02-26

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanida “Kamolxon ota” nomli milliy oshxona faoliyat boshladi. Mazkur markaz Namangan viloyat turizm salohiyatini oshirishga hissa qo‘shadi. Milliy uslubda barpo etilgan bino va inshootlar tashrif buyuruvchilarni darhol o‘ziga jalb etadi. Majmua xonalari XVI–XIX asrlarga oid nodir ashyolar bilan bezatilgan va an’anaviy dizayn markazga o‘ziga xos ko‘rk bag‘ishlaydi.

Loyiha tashabbuskori, tadbirkor Muhammad Qozoqovning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar 11 milliard so‘mlik ishlar amalga oshirilgan. Maqsad – namanganliklar va viloyat mehmonlari, shuningdek xorijiy sayyohlarga tarix va urf-odatlarimizni tanishtirib xizmat ko‘rsatish.

[gallery-27879]

Bir vaqtning o‘zida 1000 kishiga xizmat ko‘rsata oladigan majmuada Art House va hunarmandlar markazi tashkil etish ishlari ham davom etmoqda.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ushbu maskanda bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Takidlanganidek, bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ichki hamda xalqaro turizmni rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarur.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA