Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda MIB tomonidan maxsus daftarlarga 700 million so‘m yo‘naltirildi
14:03 / 2021-07-26

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalari va tuman-shahar bo‘limlari boshliqlari o‘z faoliyati to‘g‘risida tegishli ravishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga har yarim yilda hisobot taqdim etib borishi belgilangan.

Xususan, MIB Namangan viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari rahbarlari xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari oldida qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga e’tibor qaratmoqda.

Xususan, Byuroning Kosonsoy tumani bo‘limi boshlig‘i Shavkatjon Abdullayev farmonda belgilangan talablar asosida yaqinda bo‘lib o‘tgan tuman Kengashi sessiyasida deputatlar va keng jamoatchilik uchun hisobot berdi.
 

Qayd etilganidek, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2020 yil 1 dekabrdan joriy etilgan tartibga ko‘ra, olti turdagi ijro hujjatlari bo‘yicha davlat foydasiga 700 million so‘m undirilgan mablag‘lar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga proporsional tartibda yo‘naltirildi. Shuningdek, 2021 yilning birinchi yarim yilligi mobaynida 47 milliard 300 million so‘mlik 4771 ta ijro hujjati tamomlandi. Bundan tashqari, soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlar bo‘yicha hisobot davrida 27 milliard 100 million so‘mlik 1047 ta hujjat tamomlandi. Jinoiy jarimalarni undirish bilan bog‘liq 7 ta 143 million 700 ming so‘mligi tamomlandi.

– Bo‘lim ish yurituviga olingan aliment undirish bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlashga ham e’tibor qaratilmoqda, – dedi Shavkatjon Abdullayev. – Jumladan, joriy yil avvalida ish yurituvda 2045 ta ijro hujjati mavjud bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan 6 oyda uning 264 tasi tamomlandi. Keng jamoatchilik bilan olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot samara berib, 58 ta oila yarashtirildi. Farzandi moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab kelayotgan otalarga nisbatan ham sudlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rib kelinmoqda. Xususan, o‘tgan oylarda jami 31 nafar qarzdorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasiga asosan to‘plangan hujjatlar jinoyat sudlariga yuborilib, ikki oydan ortiq muddatda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 24 kishiga nisbatan ma’muriy qamoq chorasi qo‘llanildi. Uch nafariga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 122-moddasiga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, jazo tayinlandi.

MIB Uychi tumani bo‘limi boshlig‘i Nozimjon Idrisovning Byuro faoliyatining 2021 yilning o‘tgan 5 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotida aytilishicha, 16 milliard 500 million so‘m davlat foydasiga undiruvlar amalga oshirildi. Aynan farmonda ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan tartibga muvofiq, davlatga undirilgan mablag‘lar hisobidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilishi belgilangan. Mazkur toifadagi ijro hujjatlari bo‘yicha undiriladigan mablag‘lar ustidan nazorat o‘rnatilib, bu bo‘yicha belgilangan rejani bajarish uchun bo‘lim tomonidan tegishli choralar ko‘rildi. Natijada, yanvar-may oylarida jami 1 milliard 134 million 600 ming so‘m pul undirilib, daftarlarga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.

Yana bir muhim yo‘nalish: aliment undirish bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ish yurituvdagi jami 1889 ta ijro hujjatidan 166 tasi tamomlandi. Shundan 127 tasi bo‘yicha taraflar o‘zaro yarashtirilib, oilalarni qayta tiklashga erishildi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA