Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda MIB ko‘magida bir mahallada uch oila yarashdi
17:51 / 2021-02-01

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan aliment undiruv bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash mobaynida ko‘plab oilalarni yarashtirishga erishilmoqda.

Xususan, yaqinda “Alpomish” mahalla fuqarolar yig‘inida faollar ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi tushuntirishlar davomida uchta oilani tiklashga erishildi.

Aniqlanishicha, J.J. va X.M. oiladagi tushunmovchiliklar bois ajrashib ketishgan edi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2019 yil 7 avgustdagi buyrug‘iga asosan otadan bir nafar farzand uchun aliment undirish belgilanadi. Mazkur ijro hujjati MIB Namangan shahar bo‘limi ish yurituviga olinadi. Davlat ijrochisining sa’y-harakati bilan har oyda aliment mablag‘lari undirib beriladi. O‘zaro suhbatlar davomida oilani yarashtirish bo‘yicha tushuntirishlar ham olib boriladi. Faollar ishtirokida bo‘lib o‘tgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri davomida oila yarashib ketishgani barchani quvontirdi.

Shu mahallada istiqomat qiluvchi J.A va R.A. ajrashishgan, o‘rtadagi to‘rt farzandning ko‘ngli yarim edi. Oila bilan olib borilgan tushuntirishlar mobaynida ular yarashishga ahd qilishdi. Endi bolajonlar ham ota, ham ona tarbiyasida quvnab-yayrab kamolga yetadigan bo‘ldilar.

Byuroning Namangan shahar bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Qodirovning ma’lum qilishicha, MIB ish yurituvida 5 ming 157 ta aliment bilan bog‘liq ijro hujjati mavjud. Olib borilgan keng qamrovli tushuntirishlar bois o‘tgan 2020 yilning o‘zida 250 dan ziyod oilalarni yarashtirishga erishilgan.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA