Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda mehnat yarmarkasi
16:51 / 2015-01-28

Namangan shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida yuz nafardan ziyod fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.

Namangan shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida yuz nafardan ziyod fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.

Shahar hokimligi va prokuraturasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda qirqqa yaqin korxona, tashkilot va muassasa 330 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

– Prezidentimizning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida aholi bandligini ta’minlash, avvalo, kasb-hunar kolleji va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha zarur sharoitlar yaratish ijtimoiy siyosatimizning eng muhim ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishi alohida ta’kidlandi, – deydi Namangan shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktorining o‘rinbosari Akmal Egamberdiyev. – Ma’ruzada 2014-yilda mamlakatimizda 1 millionga yaqin ish o‘rni tashkil etilgani, ularning 60 foizi qishloq joylarida yaratilgani qayd etildi. Bu borada, ish beruvchilar va o‘quvchilarni keng jalb etgan holda o‘tkazilayotgan mehnat yarmarkalari muhim ahamiyat kasb etayotir. 

Yarmarkada ish so‘rab murojaat qilgan fuqarolarga kichik biznes sohasida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar va yaratilishi ko‘zda tutilayotgan ish o‘rinlari haqida ko‘rgazmali vositalar orqali batafsil ma’lumot berildi. 107 nafar fuqaroga o‘z mutaxassisligi, qiziqish va qobiliyatiga ko‘ra ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi. Bundan tashqari, 60 dan ziyod kasb-hunar kolleji bitiruvchisi bilan ta’lim muassasasi va ish beruvchi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuzildi.

Tadbir ishtirokchilariga mehnat qonunchiligi, imtiyoz va kafolatlar, bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari yuzasidan huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi.