Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda “Malibu” avtomashinasi yonib ketdi
16:24 / 2021-11-13

Namangan shahrining Davlatobod tumanida yuz bergan favqulodda hodisa oqibatida yangi avtomashina yonib ketdi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Qahramon Sattorovning O‘zA muxbiriga xabar berishicha, ushbu hodisa bugun, 2021 yil 13 noyabr kuni soat 04:00larda Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi Yuksalish mahallasi, “Yoshlar” ko‘chasidagi uy oldidagi avtoturargohda yuz bergan. Ushbu joydagi “Malibu” avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Mazkur falokat Namangan shahar FVB yong‘in qutqaruvchilari tomonidan bartaraf etilgan. Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in oqibatida mashinaning salon qismi to‘liq, motor va ustki qismi esa qisman yonib zararlangan.

Ayni vaqtda, avtoturargohda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qilish idorasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zA