Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda maishiy chiqindilarni tashish xizmati davlat-xususiy sheriklik asosida yo‘lga qo‘yilmoqda
12:30 / 2023-10-07

Mamlakatimizda barcha sohada bo‘lgani kabi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilishda ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra, maishiy chiqindilar bilan ishlash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish belgilangan.

Xususan, Namangan viloyatida “Orif Nurli kelajak” MCHJ tomonidan lizing asosida ISUZU FVR 34 K rusumli, sig‘imi 12 m³ bo‘lgan 12 ta chiqindi tashish maxsus texnikasi, “Chashmai safed-Gaz” MCHJ 2 ta chiqindi tashish maxsus texnikasini keltirdi. Ushbu texnikalar yordamida Pop, Chust va Norin tumanlarida yashovchi 170 mingdan ziyod aholi xonadonlaridan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati yo‘lga qo‘yiladi hamda 45 ta ish o‘rni yaratiladi.

[gallery-13894]

O‘zA fotomuxbiri
Hotam Mamadaliyev olgan suratlar