Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda “Mahalla tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi
18:06 / 2023-03-22

FOTOREPORTAJ

Namangan shahridagi “Sherdor” tantanalar majmuasida “Mahalla tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov, sektor rahbarlari, mahalla tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar, nuroniylar, mahalla faollari ishtirok etdi.  

Tadbir avvalida viloyat rahbari barcha faollarni qo‘shaloq bayram bilan muborakbod etib, mahallalar ravnaqi va farovonligi yo‘lida olib borayotgan kelgusi faoliyatida omad va kuch-g‘ayrat tiladi.

[gallery-11101]

Tadbirda “Mahalla tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan Prezidentimiz farmoniga asosan davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan yurtdoshlarimizga orden va medallar, shuningdek, mahalla tizimini rivojlantirish, uning mavqeini mustahkamlash, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishdagi faolligi hamda bu borada erishgan alohida yutuqlari uchun bir guruh mahalla tizimi vakillariga “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alarini topshirildi.

bugungi kunda Namangan viloyatida 791 ta MFYlar faoliyat yuritib, har bir oilada va butun jamiyatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, yosh avlodni ham ma’nan, ham jismonan barkamol etib tarbiyalash, oilaviy nizolarning oldini olish kabi ko‘plab vazifalarni sharaf bilan bajarib kelmoqdalar.

Bayram tadbirlari shahar va tumanlaridagi barcha mahallalarda davom etmoqda.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA