FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston – Yoshlar ziyo maskani”da “Biznesni rivojlantirish banki” hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqich g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olganlar mahallalarda yoshlar tadbirkorligi, oilaviy tadbirkorlik, qolaversa biznesni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotgani, bu jarayonda tijorat banklari ham o‘z sarmoyasi bilan faol ishtirok etib kelayotgani haqida to‘xtaldi.
[gallery-18689]
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovning viloyat hududiy bosqichi onlayn arizalar qabul qilish orqali o‘tkazildi. Unda sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi “Nam Benkam Service” MCHJ jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. “Chust Shodiyabegim Dilshoda” tikuvchilik korxonasi ikkinchi, qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Briliant Grand Max” MCHJ uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA