Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda koronavirus haqida ma’lumot olish uchun “Call-centyer” faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi
15:12 / 2021-04-22

Joriy yilning 17 aprel kuni Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida o‘tkazilgan O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi kengaytirilgan yig‘ilishida hududlarda tibbiy maslahat va axborot berish maqsadida tunu kun uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi 1105 qisqa raqamli “Call-center” faoliyatini qaytadan yo‘lga qo‘yish vazifasi topshirilgandi.

So‘nggi vaqtlarda yurtimizda, xususan Namangan viloyatida kasallikka chalinganlar sonining bir oz ortishi kuzatilayotganligi sababli aholiga, uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga hamda karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat va axborot berish maqsadida tunu kun uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi “Call-center” faoliyati qaytadan yo‘lga qo‘yildi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining aytishicha, o‘tgan yili yurtimizda avj olgan koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat murakkablashganligi bois aholining tojdor kasallikka oid savollariga o‘z vaqtida javob berish, tibbiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilgan edi. Markaz viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi binosida joylashgan. “Call-center«ga hozircha ertalab soat 8.00dan kechqurun soat 20.00ga qadar qo‘ng‘iroq qilib, savollar bo‘yicha to‘laqonli javob olish imkoniyati mavjud.

 

Oqilxon Dadaboyev,  O‘zA