FOTOREPORTAJ
Namanganda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadiga qaratilgan “Men baxtli o‘zbek ayoliman” loyihasi doirasidagi “Kitobxon ona – kitobxon bola” chelenji o‘z yakuniga yetdi.
Chelenj davomida onalar yozgi ta’til kunlarida farzandlariga kitob o‘qib berish jarayonini videoga muhrlab, ijtimoiy tarmoqlarda ulashdi. Hakamlar hay’ati taqdim etilgan ishlarni xolis baholab bordi.
Eng yaxshi, deb topilgan 15 ta videolavha uchun g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar berildi.
Tadbir doirasida Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot-kutubxona markazi tomonidan bolalar va ularning ota-onalari uchun interfaol o‘yinlar tashkil etildi.
[gallery-24943]
Ushbu tashabbus farzand tarbiyasida kitobning ahamiyatini targ‘ib etish, oilalarda kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda onalar va farzandlar o‘rtasidagi mehr-muhabbatni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA