Namanganda keksalar uchun madaniy tadbir tashkil etildi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida joylashgan Kamoliddin Rahimov nomidagi 11-musiqa va san’at maktabida shahar hokimligi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj 60 nafar yakka-yolg‘iz keksalar uchun madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida ishtirokchilar O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimov muzeyini tomosha qildi. Bu yerda san’atkor hayotidagi muhim daqiqalar va ijodiy ishlar haqida ishtirokchilarga ma’lumot berildi.
So‘ng, maktabning iqtidorli yoshlari tomonidan musiqali dastur namoyish etildi. Keksalarni xushnud etadigan qator taronalar ijro etildi.
[gallery-19695]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA