Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda kartingchilar poygasi
22:00 / 2019-02-21

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tasarrufidagi Uchqoʻrgʻon tuman oʻquv sport texnika klubi kartodromida karting boʻyicha viloyat birinchiligi boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tasarrufidagi Uchqoʻrgʻon tuman oʻquv sport texnika klubi kartodromida karting boʻyicha viloyat birinchiligi boʻlib oʻtdi.

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2019 yilgi taqvimiy rejasi asosida tashkil etilgan musobaqada shahar va tumanlardan 100 ga yaqin sportchi qatnashdi.

9 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilarning “50 sm. kub” toifasida Toʻraqoʻrgʻonlik Behruz Joʻrayev gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. “125 sm. kub” toifasida esa Uychi tumanidan Yasmina Egamberdiyeva marraga birinchi boʻlib yetib keldi.

Kattalar oʻrtasida “125 sm. kub” toifasining “Kadet” yoʻnalishida Namangan tumani vakili Sarvar Boylarov, “125 sm. kub” toifasining kattalar yoʻnalishida toʻraqoʻrgʻonlik Jalol Inomov gʻoliblik shohsupasiga koʻtarildi.

“250 sm. kub” boʻyicha kechgan poygada Uychi jamoasi aʼzosi Abror Haydarov, “Vostok” KF toifasida Uychi tumani vakili Adham Egamberdiyev barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni Toʻraqoʻrgʻon tumani jamoasi egalladi.