Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda karantin qoidalarini buzgan 182 nafar haydovchi jarimaga tortildi
21:53 / 2020-04-03

Huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.


Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, fuqarolarning karantin qoidalariga amal qilishini nazorat qilish maqsadida Namangan shahrida oʻtkazilayotgan maxsus reydlarga 63 nafar yoʻl patrul va 48 nafar post patrul xodimlari, shuningdek, Milliy gvardiya hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi tizimidagi xodimlar jalb qilingan boʻlib, ular tomonidan nazorat tadbirlari tunu kun oʻtkazilmoqda.

2020-yil 3-aprel kuniga qadar maxsus ruxsatnomasiz harakatlangan, tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqargan, karantin qoidalarini buzgan 182 nafar haydovchilar aniqlanib, ularga tegishli boʻlgan avtomashinalar jarima maydoniga tortildi.

photo_2020-04-03_21-50-18.jpg

Huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Ushbu moddaga muvofiq fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 20-30 barobari, yaʼni 4 460 000 soʻmdan — 6 690 000 soʻmgacha, mansabdor shaxslarga 30-50 barobari, yaʼni 6 690 000 soʻmdan – 11 500 000 soʻmgacha jarima qoʻllanilishi belgilangan.