Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda kanalda oqib ketayotgan fuqaro qutqarildi
17:31 / 2024-06-20

Favqulodda vaziyatlar xizmati har qanday holda ham fuqarolarga tezkorlik bilan yordam ko‘rsatish, ko‘ngilsiz hodisalar yuz berganda yordam qo‘lini cho‘zishi bilan jamiyatimizda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Namanganda mazkur tizim xodimi 32 yoshli erkakning hayotini saqlab qoldi.

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Qahramon Sattorovning O‘zA muxbiriga ma’lum qilishicha, 2024 yil 18 iyun kuni soat 16:30da Uchqo‘rg‘on tumanidagi Baxrabod mahallasida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zini “Andijon” kanaliga tashlab yuboradi. Uni kanalning Norin tumani Qozog‘ovul mahallasi hududidan oqib o‘tgan qismida shu yaqin orada xizmat olib borayotgan tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limining 11-yong‘in-qutqaruv qismi smena boshlig‘i Hasanboy Abdurahmonov hamda yon atrofdagi odamlar ko‘rib qolishadi.

32 yoshli fuqaro "G‘alla-2024" o‘rim yig‘im mavsumiga jalb etilgan FVB xodimi tomonidan qutqarib olindi va birinchi yordam ko‘rsatilib, yo‘lovchi avtomobil orqali tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Hozir qutqarib olingan fuqaroning ahvoli yaxshi, salomatligi barqaror holatda.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri