Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda “Jasorat maktabi”ning 5-mavsumi yakunlandi
13:52 / 2025-11-03

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi “Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazi”da “Jasorat maktabi” 10 kunlik harbiy o‘quv yig‘inining 5-mavsumi yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, soha mutasaddilari, harbiylar, yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbir davomida Qorovul qo‘shinlari va harbiy orkestr tomonidan ko‘rgazmali chiqish, musiqiy va vatansevarlik ruhidagi kompozitsiyalar namoyish etildi.

Uchrashuv yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi. Yoshlarning taklif va fikrlari tinglandi. Murojaatlarini yechimga keltirish choralari belgilandi. Yoshlar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, bunday o‘quv yig‘inlari ularning hayotiy tajribasini boyitishini, Vatanga sadoqat va fidoyilik hissini kuchaytirishini ta’kidladi.

[gallery-26049]

O‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli yakunlagan yoshlarga maxsus sertifikatlar hamda Vatanparvarlik mavzusidagi kitoblar to‘plami topshirildi. 

“Jasorat maktabi” loyihasi yosh avlodda harbiy xizmatga hurmat, Vatanga muhabbat, daxldorlik hissi va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA