FOTOREPORTAJ
Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov “Sinergiya” korporatsiyasi vakillari — Rossiya Federatsiyasi “Sinergiya” universitetining mintaqaviy rivojlantirish bo‘yicha prorektori Mixail Yerofeyeyev, “Mintaqaviy texnikumlar” loyihasini rivojlantirish bo‘yicha direktori Aleksandr Teteryuk va korporatsiya prezidentining O‘zbekiston bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Oxunboboyev bilan uchrashdi.
Tomonlar Namangan shahrida raqamli ta’limni yanada rivojlantirish, yuqori malakali IT- mutaxassislar tayyorlash, “Sinergiya Namangan” raqamli kasblar texnikumi bazasida malaka oshirish va kasbiy tayyorgarlik dasturlarini tashkil yetish bo‘yicha amaliy masalalarni muhokama qildilar.
[gallery-26394]
Shuningdek, “IT WOMEN-2025” loyihasi doirasida Namangan shahri ayollari uchun raqamli kasblarni o‘rganish, sun’iy intellekt texnologiyalari va neyron tarmoqlardan keng foydalanish hamda xalqaro IT bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish va mintaqada raqamli kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA