Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda IT-Park rezidentlari soni ortmoqda
13:01 / 2023-10-31

FOTOREPORTAJ

So‘nggi yillarda mamlakatimizda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, sohada malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Oktyabr oyining birinchi yarmida Namangan viloyat hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Oxunboboyev Raqamli texnologiyalar vazirligi hududiy sho‘’basi rahbari Rasuljon Xolmatov, IT-Park viloyat filiali mas’ullari bilan 20 dan ortiq IT kompaniya, IT-Park rezidentlari va 50 dan ziyod frilanser bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar har bir sub’ektning faoliyat manzilida tashkil etildi. Ish faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud muammolar yechimi bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatildi.  

[gallery-14306]

Namangan shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan “Algoritm”, “Tesla academy” kompaniyalari respublikaning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan “MohirDev” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, IT bozorida talab katta yo‘nalishlarda malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Kurslarni bitirgan o‘quvchilar, xorijiy kompaniyalarda buyurtmalar olib, amaliy ish faoliyatini yo‘lga qo‘yadi. Hududdagi “Fluggi” kompaniyasi esa ayni paytda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlamoqda. Yevropa Ittifoqi grantlariga sazovor bo‘lgan korxonalarning raqamlashtirish va IT yechimlari aynan shu kompaniya tomonidan amalga oshirilayotir. “EuroSoft” kompaniyasi bo‘lsa, hozirda Germaniya, Chexiya davlatlaridagi 10 mingdan ziyod bankomatlarni texnik qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu sohada hamkorlik Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarida ham yo‘lga qo‘yilayotgani e’tirofga sazovor. Yana bir kompaniya – “Compass X”ning mahsulotlarni mijozgacha yetkazib berish  jarayonlarini avtomatlashtirishdagi kamchiliklarni oldini oluvchi startap-loyihasi AQSH investorlari e’tiboriga tushdi. Natijada, amerikaliklar loyihani moliyalashni boshlashdi. “Axioma Line”, “Tech Data Soft” kompaniyalari esa Rossiya va Boltiqbo‘yi davlatlarining tibbiy dargohlari bilan raqamlashtirish, dasturiy mahsulotlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Davlat rahbari va hukumat tomonidan sohaga berilayotgan e’tibor, imtiyoz va preferensiyalar natijasida respublikada yetakchi bo‘lgan “Data Site”, “Site Labs” kompaniyalari safi yuqoridagi kabi istiqbolli kompaniyalar bilan to‘layotganini e’tirof etish joiz.  

Sentyabr oyida IT-Park rezidentlari soni viloyatda 19 tani tashkil etgan bo‘lsa, ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ularning soni 24 taga yetdi. Yuqorida keltirib o‘tilgan uchrashuvlar natijasida 6 ta norezident IT kompaniya IT-Park rezidentligini olish uchun  buyurtma rasmiylashtirdi. Tez kunlarda bu ko‘rsatkich 30 taga yetadi.

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA