Namanganda “Ilk rivojlanish markazi” faoliyat boshladi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Namangan shahrida “Ilk rivojlanish markazi” ochildi.
200 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur markaz ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalar farzandlari, maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalar, alohida ehtiyojga ega tarbiyalanuvchilarni o‘z bag‘riga oladi.
Ishtirokchilarga markazga tashrif hamda o‘yin guruhlari kabi modellar amaliy jarayonlarda tushuntirildi. Taqdimotlar tinglanib, markaz faoliyatini rivojlantirishga oid takliflar bildirildi.
[gallery-25025]
Ta’kidlash joiz, joriy yilning sentyabr oyiga qadar Chust, Norin va Uychi tumanlarida ham shunday markazlar ochilishi rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA