Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda III Xalqaro asal festivali boshlandi
16:33 / 2024-11-01

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida festivalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Tadbir avvalida viloyat hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuritdinov so‘zga chiqib, asalarichilik sohasidagi rivojlanishlar, yurtimizda asal yetishtirish istiqbollari va festivalning ahamiyati haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, qo‘shni Qirg‘iz Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar ham Namangan, xususan, har yili o‘tkazilish an’anaga aylanib borayotgan Xalqaro asal festivali haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.  

Ta’kidlash joiz, bu yilgi festivalda 250 dan ziyod mahalliy va xorijiy asalarichilar o‘z mahsulotini taqdim etmoqda. Ular orasida Qirg‘iziston, Qozog‘iston Respublikalari va Rossiyadan kelgan soha vakillari ko‘pchilikni tashkil etadi.  

Festival doirasida asalarichilikka bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar, sport tadbirlari, konsertlar, mahorat darslari va turli tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

[gallery-20140]

Uch kun davom etadigan festivalga 2 yarim mingga yaqin xorijiy va 10 mingga yaqin mahalliy sayyoh tashrifi kutilmoqda.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA