Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda “Hyundai” avtozavodi qachon quriladi?
21:49 / 2020-12-22

Bundan ikki yil avval, aniqrog‘i 2018 yil 18-19 noyabr kunlari Namangan viloyatida “Hyundai” avtozavodini barpo etish bo‘yicha O‘zbekiston va Koreya Respublikalari o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma imzolangan edi.

Keyinchalik esa zavodning birinchi mahsuloti 2019 yilning sentyabr oyidan boshlab ishlab chiqarilishi, yiliga 2 ming 500 dona kichik yuk mashinasi, mikroavtobus va avtobus ishlab chiqarilishi rejalashtirilgani haqida ma’lumot berildi. Biroq nimagadir qurilishi ishlari to‘xtab qoldi.

Xorijiy hamkorlar bilan birgalikdagi mazkur yirik qo‘shma loyihani nima sababdan to‘xtab qolganligi yuzasidan Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida quyidagicha izoh berdi:

— Namanganda avtozavod qurilishi bo‘yicha O‘zbekiston tomoni barcha majburiyatlarni bajargan. Janubiy Koreyalik investorlar talabi asosida erkin iqtisodiy zona hududidan joy ajratildi. Hamkorlik shartnomasi imzolandi. Faqat Janubiy Koreya tomonidan ta’sischilar tarkibi hamda pandemiya boshlanib ketgani uchun ularning faoliyat geografiyasidagi o‘zgarishlar sababli bu boradagi ishlar to‘xtab qoldi.

Shu masalada hozirgacha ikki marta muzokaralar o‘tkazdik. Koreyaliklar tomonidan hamkorlik bo‘yicha yangi shartnoma taklif etildi. Qo‘shimcha investitsiyalar kiritish, korxonani rivojlantirishga qaratilgan kelishuvni imzoladik. Endilikda Janubiy Koreya tomoni imzolashini kutmoqdamiz. Maqsadimiz - loyihani o‘z holiga tashlab qo‘ymasdan, yurgizishdir. Hozirgi kunda hamkorimiz tomonidan shartnomani ko‘rib chiqilishini kutyapmiz. Bir oy muddatimiz bor, ulardan javobni kutishimiz kerak, - dedi Shavkat Abdurazzoqov.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.