Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda hamshiralarga 200 million so‘mga yaqin ustamalar undirib berildi
08:47 / 2022-08-25

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktab xodimlari uchun amaliy seminar tashkil etildi. Unda, elektron tizimdan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish, xodimlarni ishga qabul qilish maqsadida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, tibbiyot birlashmasi tizimidagi poliklinikalar, tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbarlariga yuridik xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytish xususida ma’lumot berildi.

– Markaz tumandagi tashkilot va muassasalarga qonuniylik asosida huquqiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda, – deydi tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Jaloliddin Bozorxonov. – Shu o‘rinda, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar xususan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar xodimlari tomonidan yuborilayotgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilib, qonuniy normalar asosida ko‘rib chiqilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida “O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi nizomda vrachlarga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek sog‘liqni saqlash barcha muassasalari farmatsevtika xodimlariga uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda tarif stavkasining 5 foizi miqdorida, 10 yildan 15 yilgacha bo‘lganda 10 foizi miqdorida, 15 yildan 20 yilgacha bo‘lganda 15 foizi miqdorida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 20 foizi miqdorida, 20 yildan ortiq bo‘lganda 20 foizi miqdorida belgilanishi, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 30 foizi miqdorida ustamalar to‘lanishi belgilangan.

Biroq Yangiqo‘rg‘on tumani maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshiralarining 37 nafariga Hukumat qarorida belgilangan uzluksiz ish stajiga qo‘shib berilishi lozim bo‘lgan 2019 yil may oyidan hozirga qadar jami 200 million so‘mga yaqin ustama pullari to‘lab berilmagani aniqlanib, tuman adliya bo‘limiga xabarnoma kiritilgan edi.

Adliya bo‘limi tomonidan hamshiralarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudiga davo arizalari kiritildi. Sudning hal qiluv qaroriga asosan, 37 nafar xodimga 200 million so‘mga yaqin ustamalar to‘lab berilishiga erishildi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA