Namanganda g‘o‘za defoliatsiyasida dronlar sinovdan o‘tkazilmoqda
Namangan viloyatida g‘o‘za defoliatsiyasi jarayoniga ilk bor dron texnologiyasi joriy etildi. Bu usul ishchi kuchiga ehtiyojni kamaytirib, jarayon samaradorligini oshirishi kutilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Namangan viloyati hokimligi tashabbusi bilan Mingbuloq tumanidagi bir nechta fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za defoliatsiyasi dronlar yordamida amalga oshirila boshlandi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, dronlardan foydalanish natijasida defoliatsiya sifati yuqori darajada ta’minlanmoqda, ishchi kuchi sarfi esa ancha qisqarmoqda.
Kelgusida bu tajribani boshqa xo‘jaliklarda ham joriy etish, paxtachilikda zamonaviy texnologiyalarni keng qo‘llash rejalashtirilgan.
Hamroz Bayanov,
O‘zA