Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) sayloviga puxta tayyorgarlik ko‘rildi
10:02 / 2022-05-15

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyatidagi fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilgan Ishchi guruhlar tomonidan hududlarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Unda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini o‘tkazish tartibi, saylovda ishtirok etadigan vakillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda fuqarolar yig‘ini raisi lavozimi uchun nomzodlarning ro‘yxatlari shakllantirildi.

Shuningdek, viloyatidagi barcha fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi vakillar yig‘ilishi orqali saylanishi ma’lum bo‘ldi. Mazkur saylovlarda 219 891 nafar aholi vakillari ishtirok etadi. 

Bundan tashqari, fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilgan Ishchi guruhlari tomonidan 2283 nafar nomzod to‘g‘risida ma’lumotlar shakllantirildi. Shakllantirilgan nomzodlarning 461 nafarini amalda faoliyat yuritib kelayotgan fuqarolar yig‘ini raisi tashkil etadi.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini yuqori kayfiyatda o‘tkazish hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida 782 ta saylov uchastkalari ob’ektlari tanlab olindi. Saylov o‘tkaziladigan ob’ektlarga olib boruvchi barcha ko‘chalar obodonlashtirilib zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratildi.

[gallery-7104]

Hotam MAMADALIEV (surat) O‘zA