Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda forel balig‘i yetishtirish bo‘yicha tajriba qo‘shni viloyatda ham ommalashtiriladi
11:30 / 2024-02-23

FOTOREPORTAJ

Prezidentimiz topshirig‘iga asosan Andijon viloyati tumanlarining hokimlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari,  investor-tadbirkorlar vakillaridan iborat delegatsiya  forelchilikni o‘rganish maqsadida Namangan viloyatiga keldi.  

Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov delegatsiya a’zolarini qutlab, seminar ishiga muvaffaqiyat tiladi.  

Norin tumanida boshqa sohalar qatori baliqchilik ham rivojlanmoqda.  Hududdan oqib o‘tgan Norin daryosining chuchuk suvi tarmoqning jadal sur’atda rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda.  

Andijon viloyatidan tashrif buyurgan delegatsiya Norin tumanida ayni yo‘nalishdagi ishlar bilan tanishdi.

Tumandagi “FISHVILLE NORIN” mas’uliyati cheklangan jamiyatining intensiv usulda forel baliqlarini yetishtirish loyihasi amalga oshirilishi natijasida yiliga ming tonna baliq yetishtirilishi ham bu borada qilinayotgan ishlarning amaldagi ifodasidir. Bu yerda yetishtirilgan forel baliqlari yuz foiz eksportga yo‘naltiriladi.

Mehmonlarga Uchqo‘rg‘on tumanida ham ushbu yo‘nalishda amaliyotga tatbiq qilinayotgan loyihalar taqdim etildi.

Hotam MAMADALIEV  (surat), O‘zA