Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda energetiklar kuni nishonlandi
19:17 / 2020-12-22

Namanganda 22 dekabr – Energetiklar kuni munosabati bilan soha xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda keyingi yillarda energetika tizimini takomillashtirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilgan holda, tarmoqni modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga ustuvor e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

O‘tgan 4 yil mobaynida viloyatda jami 1526,8 kilometr yoki 79,5 foiz elektr uzatish tarmoqlari qurilib, 704 ta yoki 61,4 foiz transformator punktlari o‘rnatildi. Energetiklar ishini yanada jadallashtirish maqsadida, 2019 yilda 9 ta yangi burg‘ilash maxsus texnikasi olindi.  

Kelgusi yilda esa, energetiklar mehnat jamoasi tomonidan 850 kilometr elektr uzatish tarmoqlari qurilib, 270 ta transformator punktlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.  

Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Sh. Abdurazzaqov soha xodimlarini kasb bayrami bilan qutlab, “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”ga 20 ta “Gazel” brigada mashinasi, 1 ta elektrotexnik sinash maxsus texnikasi va 1 ta Kran manipulyator maxsus texnikasini topshirdi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA