English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda elektrobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
15:51 / 2024-02-05

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 29 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jamoat transportini rivojlantirish va yo‘lovchi tashish xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga bir qator topshiriqlar berilgan edi.

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida Namangan shahar hokimi A. Otaxo‘jayev Xitoy davlatining avtobus, elektrobus hamda maishiy texnikalar ishlab chiqaruvchi yirik korxonalari vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Xitoyning “Geely New Energy Commercial Vehicle Group” kompaniyasi avtobus va elektrobus kabi jamoat transportlarini olib kirish hamda “New Kinpo Group” kompaniyasi tomonidan Namanganda elektrotexnika vositalari ishlab chiqarish zavodini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi. 

[gallery-15787]

– Elektrobus shahrimiz uchun juda zarur, - dedi shahar hokimi Anvar Otaxo‘jayev. – Dastlab keltiriladigan 10 ta elektrobusni markaziy ko‘chalarimizga yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba sifatida qatnovini yo‘lga qo‘yamiz. 

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda kompaniya vakillari energiya tejamkor, atrof-muhit va ekologiyaga zararsiz bo‘lgan texnikalarni ko‘paytirish, ishlab chiqarishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA