Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi
14:56 / 2024-04-11

FOTOREPORTAJ

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyatidagi aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlarini sifatli elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda uni yanada yaxshilash maqsadida quvvati 40 000 kVA bo‘lgan 5 ta kuch transformatori olib kelindi.

Shuningdek, yaqin kunlarda viloyatga yana 40 000 kVAli 1 ta va 63 000 kVAli 2 ta kuch transformatori olib kelinishi rejalashtirilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filialiga yetkazib berilayotgan mazkur transformatorlar Kosonsoy, Davlatobod, Chortoq hamda Chust tumanlaridagi podstansiyalarga o‘rnatiladi. Natijada viloyat iste’molchilarining elektr ta’minotini yanada yaxshilashga erishiladi.  

[gallery-16890]

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA