FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Namangan tumanida “Madina Muazzam” MCHJ tomonidan tashkil etilgan “To‘qimachilik mahsulotlari” ishlab chiqarish loyihasi faoliyati bilan tanishdi.
Umumiy loyiha qiymati 1,5 million AQSH dollaridan iborat bo‘lgan mazkur korxonada bugungi kunda 80 nafar ishchi faoliyat yuritmoqda. Ishlab chiqarilgan mahsulot 100 foiz eksportga yo‘naltiriladi.
[gallery-24321]
Shuningdek, loyiha tashabbuskori tomonidan tashkil etilayotgan 1,8 million AQSH dollarilik “To‘qimachilik mahsulotlari chiqindilarini qayta ishlab, kalava ip ishlab chiqarish” loyihasi ham barchaning e’tibor markazida bo‘ldi.
Loyihada doirasida qo‘shimcha 50 nafar ish o‘rni yaratish, 2,5 million AQSH dollarilik mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA