Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda “DXX raisi kubogi” uchun qizlar jamoalari bellashdi
08:30 / 2025-05-30

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Davlatobod tumanida mini futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida “Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi  kubogi” musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi. Musobaqada tumandagi 28 ta mahalladan shakllangan jamoalar  o‘zaro bellashdi.

Mazkur musobaqa mahalla yoshlari, ayniqsa, qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi. Tadbir sport muhitini kuchaytirish, yosh avlodni ijtimoiy faollikka undash va jamiyatda sog‘lom raqobat muhiti yaratishga xizmat qildi.

Final bosqichida Mustaqillik va O‘rta Rovuston mahallalari jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Ikki jamoa o‘rtasidagi bahs keskin va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tdi va tomoshabinlar uchun haqiqiy sport shousiga aylandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Mustaqillik mahallasi jamoasi musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. O‘rta Rovuston jamoasi ikkinchi, Gulshan mahallasi jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.

[gallery-23665]

Taqdirlash marosimida Davlatobod tumani hokimi Anvar Tojimirzayev, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov hamda bir qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tantanali marosimda g‘olib va sovrindor jamoalarga diplom, kubok hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

           Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA