Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda dam olish maskani 5.1 mlrd so‘m qarzdorlik evaziga xatlandi
13:33 / 2025-03-24

Ma’lumki, tijorat banklar tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, faoliyatni yanada kuchaytirish maqsadida kredit mablag‘lari ajratilmoqda.

Faqat o‘zaro shartnomaga ko‘ra belgilangan muddatda kredit mablag‘ni qaytarish majburiyati yuklanadi. Biroq, ana shu majburiyatga amal qilmaslik oxir-oqibat ish sud tartibida ko‘rilib, olingan mablag‘ni majburiy tartibda qaytarishga bormoqda.  

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi alohida muhim hujjatlarni ijro etish sho‘’basi tomonidan banklar foydasiga undiruvlar borasida kunlik tadbirlar olib borilmoqda.  

Jumladan, "T.O" MCHJ dan Turon bank foydasiga 5.1 mlrd so‘m kredit qarzdorlik undirish sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra belgilangan. MCHJ rahbarlariga sud qarorida ko‘rsatilgan qarzdorlikni to‘lash uchun ixtiyoriy muddat berilgan. Ammo, bir necha bor ogohlantirishga qaramay bunga jamiyat mutasaddilari "panja orasidan" qarashgan. Shundan so‘ng, boshqarma xodimlari undiruvni majburiy tartibda garovga qo‘yilgan dam olish maskaniga qaratishdi.

O‘tkazilgan tadbir davomida dam olish maskani qarzdorlik evaziga xatlandi. Hozirda ko‘chmas mulk va bino-inshootlarni baholatish choralari ko‘rilmoqda.

O‘zA