FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida eng ulug‘, eng aziz bayram – mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligini munosib kutib olish maqsadida keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ushbu bunyodkorlik jarayonlari, jumladan, “Oromgoh” massivi hududidan oqib o‘tuvchi Katta Namangan kanali ustidagi ko‘prik hamda 4P-117 shimoliy aylanma Chortoq yo‘lida olib borilayotgan yo‘l va ko‘prik qurilishining borishini ko‘zdan kechirdi.
[gallery-18710]
Viloyat rahbari har ikki ob’ektda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, jarayonni tezlatish, bunda sifatga alohida e’tibor qaratish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
Ta’kidlash kerak, mebelchilikka ixtisoslashgan mazkur sanoat majmuasining umumiy maydoni 10 gektar bo‘lib, bu yerga 202,5 milliard so‘mlik 37 ta investitsiyaviy loyiha joylashtirilmoqda. Natijada 4 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.
Viloyat rahbari “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da ham bo‘lib, avval berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishdi. Bog‘ ichidagi dam olish maskanlari, bolalar maydonchalari, sun’iy ko‘l, “Vatanparvarlik bog‘i” loyihalarini ko‘zdan kechirib, aholiga qulaylik yaratish masalasiga e’tibor qaratdi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA