French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda bu yil 73 ming 910 dan ziyod abituriyent test sinovlarida qatnashishi kutilmoqda
18:22 / 2022-08-08

FOTOREPORTAJ

Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Namangan viloyatida ham bugun oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari boshlandi.

Test sinovlari Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasi, “Dinamo” stadioni, Davlatobod tumanidagi 17-BO‘SMga qarashli “Navbahor-umid” stadionida o‘tkazilmoqda.  

Davlat test markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i Bunyod Abdulxafizovning ta’kidlashicha, bu yil viloyatda 73 ming 910 dan ziyod abituriyent test sinovlarida qatnashishi kutilmoqda.

Jarayonda shaffoflik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida imtihon o‘tkaziladigan hududlarda videokuzatuv hamda jamoatchilik nazorati tashkil etilgan.

Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA